Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik ayollar Dehli aeroportida 5 kg oltin bilan qo‘lga tushdi

O‘zbekistonlik ayollar Dehli aeroportida 5 kg oltin bilan qo‘lga tushdi

Dehli shahridagi «Indira Gandi» xalqaro aeroportida oltin kontrabandasi bilan shug‘ullangan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat Bojxona departamenti xabar bermoqda.

Bojxona vakillari o‘tkazgan operatsiya natijasida qiymati 2,92 million rupiyga (taxminan 35 ming AQSh dollari) teng tilla zanjirlar musodara qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bir guruh ayollar Toshkentdan yetib kelgan va bojxona xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. Ularning yuklari ko‘zdan kechirilganda, bagajining orqa qismiga mahkamlangan ichi bo‘sh metall qutiga yashirilgan umumiy og‘irligi 5,3 kilogramm 50 ta tilla zanjirlar topilgan.

Bojxona boshqarmasining e’lon qilgan bayonotiga ko‘ra, olingan tilla zanjirlarning qiymati taxminan 2,92 million rupiyni tashkil qiladi. Tekshiruvdan so‘ng, sakkiz nafar yo‘lovchi zudlik bilan hibsga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring