Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik harbiylar 8-xalqaro armiya o‘yinlarida birinchi o‘rinni oldi

O‘zbekistonlik harbiylar 8-xalqaro armiya o‘yinlarida birinchi o‘rinni oldi

Pokistonning Xarian shahrida bugun «Jamoaviy ruh» 8-xalqaro armiya o‘yinlarining yopilish va ishtirokchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 12 ta xorijiy davlat Mudofaa vazirliklari jamoalari qatnashdi. Shuningdek, 5 ta davlatdan kuzatuvchilar ishtirok etdi.

O‘zbekiston jamoasi eng yuqori natija qayd etib, musobaqada birinchi o‘rinni egallab, oltin medallarini qo‘lga kiritdi. 2-o‘ringa Turkiya, 3-o‘ringa esa Saudiya Arabistoni va Belarus jamoalari munosib topildi.

Qayd etish joizki, ushbu musobaqada O‘zbekiston jamoasi beshinchi bor g‘oliblikni qo‘lga kiritmoqda.

Musobaqalar jangovar jarayonlarga yaqin bo‘lgan mashaqqatli vazifalar, mahorat va maxsus ko‘nikmalarni talab qiluvchi topshiriqlardan tashkil topganiga qaramasdan, o‘zbekistonlik harbiylar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Pokiston Qurolli Kuchlari Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni general Asim Munir O‘zbekiston jamoasi rahbari – O‘zbekiston Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Bahodir Qosimovga musobaqa bosh sovrinini, jamoa a’zolariga esa mukofotlarni topshirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring