O‘zbekistonlik Rossiyada narkotik savdosi sabab 9 yilga «kesildi»
Joriy yil 5-oktyabrda Rossiyaning Bryansk viloyati Dyatkovo shahar sudi 21 yoshli Qirg‘iziston fuqarosi va 26 yoshli O‘zbekiston fuqarosini internet tarmog‘i orqali bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib giyohvandlik vositalarini noqonuniy sotishga urinishda ayblab, hukm chiqardi.
Ular RF Jinoyat kodeksining 30-moddasi 3-qismi hamda 228-1-moddasi 5-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan.
Sud tergovida aniqlanishicha, ular noma’lum shaxsdan giyohvandlik moddasini qabul qilib olib, Kaluga viloyati va Bryansk viloyati Dyatkovskiy tumani hududida ularni kichik qismlarga bo‘lish orqali turli joylarga yashirib chiqish va yashirilgan joylarning geomanzilini noma’lum shaxsga internet orali jo‘natish bilan shug‘ulanib kelishgan.
Tezkor tadbir paytida ushbu yashirilgan narkotik moddalar topib olib qo‘yilgan.
Sud tergovida ayblanuvchilar o‘z ayblariga to‘liq iqror bo‘lishdi.
Sud hukmi bilan jinoyat sodir etgan shaxslar 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan va ular qat’iy tartibli axloq tuzatish koloniyasiga jo‘natiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter