O‘zbekistonlik sarmoyadorlar Afg‘onistonda ko‘mir qazib olishga qiziqyapti
O‘zbekistonlik sarmoyadorlar Tolibon hukumati rahbarining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari mulla Abdul G‘ani Baradar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston tomoni mamlakatdagi ko‘mir konlariga (qazib olish va qayta ishlash) sarmoya kiritishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishgan.
ToloNews’ning yozishicha, o‘zbekistonlik sarmoyadorlar, shuningdek, ko‘mir yordamida elektr energiya ishlab chiqarish, standart neftni qayta ishlash zavodlarini qurish, sement va to‘qimachilik fabrikalari, tuz qazib olish va elektron boshqaruv kabi masalalarda ham hamkorlik taklif qilgan.
Mulla Abdul G‘ani Baradar o‘zbekistonlik investorlarni Afg‘onistondagi mas’ul idoralar ular bilan hamkorlik qilishiga ishontirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter