Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar 3 oyda avtoraqamlar uchun 212 mlrd so‘m sarflagan

O‘zbekistonliklar 3 oyda avtoraqamlar uchun 212 mlrd so‘m sarflagan

O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining avtoraqam.uzex.uz savdo tizimida 212,2 mlrd so‘mlik 52,6 mingdan ziyod avtoraqamlar onlayn-autsionlar orqali sotildi. Bu haqda O‘zRTXB ma’lum qildi.

Avtoraqamlarning sotuvi son va hajmi bo‘yicha 3,2 barobarga o‘sgan.

Birja xabarida joriy yilning 1-choragida sotilan avtoraqamlar bo‘yicha o‘rtacha va eng qimmat sotilganlari bo‘yicha ma’lumot berilmagan.

«UZEX xabarlari» gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil 6-12-may kunlari oralig‘ida auksion savdolar orqali jami 12 mlrd 865 mln so‘mlik avtoraqamlar sotilgan. Tuzilgan bitimlarning bittasi bo‘yicha o‘rtacha qiymat 3,8 mln so‘mni tashkil etib, sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 1,7 mln so‘mni, eng qimmat avtoraqamning bahosi esa 419,9 mln so‘mni tashkil qilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring