Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston 4 oyda qariyb 103 mln dollarlik trikotaj mahsulotlarini eksport qildi

O‘zbekiston 4 oyda qariyb 103 mln dollarlik trikotaj mahsulotlarini eksport qildi

2023-yilning  yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 16 ta xorijiy davlatga qiymati 102,9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 21,8 ming tonna trikotaj  mahsulotlarini eksport qilgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, bu 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,2 mln dollariga ortiq deganidir.

2023-yilning 4 oyida O‘zbekiston trikotaj mahsulotlarini eng ko‘p – Rossiya (32,8 mln dollar), Qirg‘iziston (28,7 mln dollar) va Italiya (17,2 mln dollar) davlatlariga eksport qilgan.

ShUningdek, Ozarbayjon (6,2 mln dollar), (Belarus (5,5 mln dollar), Armaniston (3,8 mln dollar) hamda Polsha (3,3 mln dollar) davlatlari ham O‘zbekistondan trikotaj mahsulotlari importini amalga oshirgan. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring