Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar 5 oyda chetga $420 millionlik meva va sabzavot eksport qildi

O‘zbekistonliklar 5 oyda chetga $420 millionlik meva va sabzavot eksport qildi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 420,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 722,1 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,4 foizga yoki 68,3 ming tonnaga ko‘paygan.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (32,7 foiz), Pokiston (19,7 foiz), Qozog‘iston (15,3 foiz) va Xitoy (7,8 foiz)  davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2024-yilning yanvar-may oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 3,9 foizini tashkil etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring