Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar 6 oyda xorijdan 107,5 mln dollarlik smartfon xarid qilgan

O‘zbekistonliklar 6 oyda xorijdan 107,5 mln dollarlik smartfon xarid qilgan

O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 107,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 mln 558,3 ming dona  mobil telefonlar import qilgan.

Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davrida 1 mln 331 ming dona va 94,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan.

O‘zbekistonga 2023-yilning yanvar-iyun oylarida eng ko‘p mobil telefon import qilgan davlatlar:

  • Xitoy – 1 389,5 ming dona
  • Vetnam – 148,8 ming dona
  • Hindiston  – 14,2 ming dona
  • Qozog‘iston – 2,4 ming dona
  • Tayvan – 1,6 ming dona 
  • Turkiya  – 1,9 ming dona
  • Boshqa davlatlar – 1,4 ming dona

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida xorijdan qiymati 199 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,9 mln dona mobil telefon import qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring