Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklarga boradigan SMS uchun budjetdan 1,7 mlrd so‘m ajratilyapti

O‘zbekistonliklarga boradigan SMS uchun budjetdan 1,7 mlrd so‘m ajratilyapti

Iqtisodiyot va moliya vazirligi qoshidagi Axborot texnologiyalari markazi tomonidan o‘tkazilgan «g‘olib tomonidan buyurtmachi ma’lumotlaridan foydalanib shakllantirilgan biznes ma’lumotlarni abonentlarga SMS-xabarlar ko‘rinishida yetkazish xizmatlari»ni ko‘rsatishga doir tender yakunlandi.

Joriy yil 6-aprel kuni yakunlangan tender natijalariga ko‘ra, ikki talabgordan biri – «Play mobile» MChJ g‘olib deb topilgan.

Shu tariqa mazkur firma vazirlikning 2023-yilda aholiga SMS-xabarnomalar yuborish xizmatini bajaradi. Bu uchun firma bitta SMS-xabarnomaga 40 so‘m narx ko‘rsatib, yil davomida 44 millonta SMS-xabarnoma jo‘natishni tashkillashtirish nazarda tutilgan lotni yutib oldi.

Vazirlik esa bu xizmatlar uchun firmaga budjetdan 1 mlrd 670 mln so‘m o‘tkazib beradi.

Tenderda ikkinchi ishtirokchi – «Orzu mobile» MChJ esa «ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish tajribasi» yetmagani bois yutqazgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring