O‘zbekistonliklarning 39 foizdan ortig‘i avtomobil yo‘llari piyoda uchun xavfli deb hisoblaydi

«Yuksalish» harakati tomonidan aholi o‘rtasida avtomobil yo‘llarida transport vositalari va piyodalarning xavfsiz harakatini ta’minlash, avtomobil yo‘llari va ichki yo‘llar holati bo‘yicha ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi.
So‘rovda jami 2 743 nafar respondent qatnashib, ularning 46,36 foizi qishloqda yashovchilar va 44,94 foizini shahar aholisi tashkil etdi.
So‘rov ishtirokchilarining 39,24 foizi o‘zi yashaydigan hududdagi avtomobil yo‘llari piyodalar uchun xavfsiz emasligini qayd etgan.
38,98 foiz respondent esa «o‘rtacha» va 21 foizi «xavfsiz» deb baholagan.
«Aholi punktlaridagi avtomobil yo‘llarining piyodalar kesib o‘tish joylarida xavfsizlik ta’minlanganmi?" degan savolga 40,99 foiz respondent «ha» deb javob bergan bolsa, 30,87 foiz xavfsizlik ta’minlanmaganini qayd etgan.
Xavfsizlik «yetarlicha emas» degan javob 27,07 foiz respondent tomonidan belgilangan.
Bu raqamlar aholi punktidagi piyodalar xavfsizligi bilan bog‘liq infratuzilmada kamchiliklar borligini ko‘rsatmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter