Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning Erondagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Erondagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Fariddin Nasriyev Eron poytaxtiga tashrif buyurdi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qilmoqda.

42 yoshli diplomat 2015-2023 yillarda O‘zbekistonning Erondagi elchisi lavozimida ishlagan Bahodir Abdullayev  o‘rniga tayinlangan.

Fariddin Nasriyev 2018-2023 yillarda O‘zbekistonning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulligini boshqargan. Toshkent moliya instituti va Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi universitet) tamomlagan.

Shuningdek, mehnat faoliyati davomida 1999-yilda bank tizimida, 2003-yildan esa Tashqi ishlar vazirligining turli tuzilmalarida, jumladan, Belgiya va NATOdagi diplomatik vakolatxonalarda ishlagan. Fariddin Nasriyev TIVning Konsullik-huquqiy departamentida 3-kotiblikdan direktor o‘rinbosarigacha bo‘lgan pog‘onani bosib o‘tgan.

Ingliz, fransuz, rus va fors tillarini mukammal biladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring