Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning o‘tgan yilgi tashqi savdo aylanmasi 66 mlrd dollarga yetgan

O‘zbekistonning o‘tgan yilgi tashqi savdo aylanmasi 66 mlrd dollarga yetgan

2024-yil yakuniga ko‘ra tashqi savdo aylanmasi 3,8 foizga o‘sib, 66 mlrd dollarni tashkil etdi, eksport 8,4 foizga, import 0,8 foizga o‘sdi. Tashqi savdo hajmining o‘sish dinamikasi o‘tgan yilga nisbatan biroz pasaydi.

Bu haqda  Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hisobotida gap boradi.

Mahsulot turlari bo‘yicha yoqilg‘i-moylash materiallari eksporti 39,8 foiz, xizmatlar – 27,7 foiz, kimyo mahsulotlari – 29,1 foiz, oziq-ovqat mahsulotlari – 22,4 foiz, sanoat mahsulotlari – 3,7 foiz o‘sdi, mashina va transport uskunalari eksporti – 7,9 foiz, turli tayyor mahsulotlar – 7,5 foizga kamaydi.

Shu bilan birga, yoqilg‘i-moylash materiallari importi 50,1 foiz, xizmatlar – 21,5 foiz, oziq-ovqat mahsulotlari – 5,7 foiz, nooziq-ovqat xom ashyosi – 6,3 foizga oshdi, ammo mashina va transport uskunalari toifasida 9,7 foiz, sanoat tovarlari – 4,2 foiz va kimyoviy mahsulotlar – 3,6 foizga kamaydi.

Umuman olganda, taqdim etilgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, 2024-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror o‘sishni ko‘rsatdi, bu mamlakatda amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlarning natijasi va mamlakatning salmoqli iqtisodiy salohiyatidan dalolat beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring