Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi yangi Favqulodda va Muxtor Elchisi tayinlandi. Yangi elchi Baxtiyor Ibragimov Qozog‘iston poytaxtiga yetib borgan.

«Dunyo» AA ma’lumotiga ko‘ra, 51 yoshli diplomat Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Rossiya tashqi savdo akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1994-yilda O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) markaziy apparatida boshlagan. U yerda yetakchi, bosh mutaxassis, vazir yordamchisi, bosh boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2001-yilda O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasiga birinchi kotib, so‘ngra savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi sifatida ishga yuborilgan.

Xorijiy xizmat safaridan qaytgach, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi qoshidagi iqtisodiy tuzilmalarda, Vazirlar Mahkamasida sho‘’ba mudiri sifatida faoliyat yuritgan.

2019-2022 yillarda BAAda elchi bo‘lgan. Shuningdek, TIV departamenti direktori, O‘zbekiston turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Baxtiyor Ibragimov 2018-2024 yillarda Qozog‘istonda elchi bo‘lib ishlagan Saidikrom Niyozxo‘jayev o‘rniga tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring