Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning Rossiyadan gaz importi uchun barcha infratuzilmasi tayyor – OAV

O‘zbekistonning Rossiyadan gaz importi uchun barcha infratuzilmasi tayyor – OAV

O‘zbekistondagi infratuzilma 1-oktyabrdan boshlab Rossiyadan tabiiy gaz importi uchun tayyor holga keltirildi.

«Biz 1-oktyabrdan Rossiya gazini qabul qilishga tayyormiz. Gaz quvurlarimiz yuqori bosimli gazni qabul qilishga moslashtirilgan», – deya O‘zbekiston energetika vazirligi vakilining gaplaridan iqtibos keltiradi «RIA Novosti».

Joriy yil 16-iyun kuni O‘zbekiston hukumati va «Gazprom» Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida tabiiy gaz importi bo‘yicha shartnoma imzolagan va keyinroq O‘zbekiston tomoni kelishuv ikki yilga tuzilgani hamda yetkazib berish 1 oktyabrdan boshlanishi rejalashtirilgani haqida ma’lum qilgan edi. Kelishuvga ko‘ra, xarid hajmi yiliga qariyb 2,8 milliard kub metrni tashkil qilishi kerak. 

Rus nashri, shuningdek, O‘zbekistondagi neft-gaz korxonalari quvvati haqida ayrim raqamlarni keltirmoqda.

Jumladan, qayd etilishicha, hozirda mazkur korxonalarda yiliga qariyb 70 milliard kub metr tabiiy gaz va 8 million tonna suyuq uglevodorod qazib olish imkoni bor. Ammo zahiralarning tugashi va texnologik yo‘qotishlar tufayli so‘nggi 15 yil ichida uglevodorod qazib olish sezilarli darajada kamaygan. Masalan, 2022-yil yakuniga ko‘ra, respublikada tabiiy gaz qazib olish 2021-yilga nisbatan 4 foizga kamayib, 51,665 milliard kub metrni tashkil qilgan bo‘lsa, neft qazib olish 2023-yilning yanvar-iyun oylarida 9,6 foizga kamaygan va 23,565 milliard kub metrni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya gazi Qozog‘iston orqali o‘tadigan «Markaziy Osiyo – Markaz» gaz quvuri orqali O‘zbekistonga yetkazib beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring