Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning TDT mamlakatlari bilan tovar aylanmasi 9,4 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning TDT mamlakatlari bilan tovar aylanmasi 9,4 mlrd dollarga yetdi

2023-yilda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar va kuzatuvchi mamlakatlarning umumiy nominal YaIM dunyoning 1,7 foizini (taxminan 1,8 trln doll.), xarid qilish qobiliyati paritetiga bo‘yicha esa dunyoning 3,1 foizini (taxminan 5,7 trln doll.) tashkil etdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining so‘nggi 7 yil uchun O‘zbekistonning TDT mamlakatlari bilan savdo va investitsiyaviy hamkorligi tahliliga bag‘ishlangan hisobotida qayd etilishicha, tashkilotga a’zo mamlakatlarning umumiy tashqi savdo aylanmasi 2023-yilda 1,2 trln dollardan oshgan.

O‘zbekistonning TDT mamlakatlari bilan tovar aylanmasi (xizmatlardan tashqari) esa so‘nggi 7 yilda 3,34 mlrd dollardan (2016-yil) 9,4 mlrd dollarga (2023-yil) qariyb 2,8 baravarga, oshdi.

Bunda eksport 1,71 mlrd dollardan (2016-yil) 3,2 mlrd dollarga (2023-yil) 1,9 baravarga o‘sdi. Import esa 1,63 mlrd dollardan (2016-yil) 6,2 mlrd dollarga (2023-yil) 3,8 baravarga o‘sdi.

2024-yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha 2023-yilning shu davriga nisbatan O‘zbekistonning TDT mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 6,88 mlrd dollarini, eksport 2,49 mlrd dollarini, import esa 4,4 mlrd dollarini tashkil etdi.

2024-yil boshidan buyon O‘zbekistonda TDTga a’zo davlatlar kapitali ishtirokidagi 500 dan ortiq yangi korxona tashkil etilib, ularning umumiy soni 4 mingga yetdi (respublikada xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar umumiy sonining 28,8 foiz). 2021-2023 yillarda TDTga a’zo davlatlar O‘zbekiston iqtisodiyotiga 5 mlrd dollardan ortiq sarmoya kiritdilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring