Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi Senat qo‘mitasiga raisi etib tayinlandi

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi Senat qo‘mitasiga raisi etib tayinlandi

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi Alisher Agzamxodjayev Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.

67 yoshli senator Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. 2017-2025 yillarda O‘zbekistonning Turkiyadagi, 2018 yildan buyon esa bir vaqtning o‘zida Bolgariyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimlarida ishlagan.

Diplomat 1980 yilda Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) huquqshunoslik fakultetini tamomlagan. 1990-1995 yillarda xalq deputati, O‘zbekiston Oliy Majlisi Yoshlar masalalari qo‘mitasi raisi bo‘lgan. Keyinchalik Tashqi ishlar vazirligi tizimida, jumladan, xorijdagi elchixonalarda ishlab, ishlab chiqarish korxonalariga rahbarlik qilgan.

Rus, ingliz va turk tillarini  mukammal biladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring