Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zgidromet: ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zgidromet: ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Bugun, 26-sentyabr kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Navoiy viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, Qoraqalpog‘istonda shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi mumkin, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Havo harorati 30-35 darajani, shimolida 20-25 darajani tashkil etadi.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 32-34 daraja bo‘ladi.

Shuningdek, tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 21-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 22-27 daraja bo‘ladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring