Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Parkentliklar Sardoba fojiasidan talafot ko‘rganlarga yordam ko‘rsatishdi

Parkentliklar Sardoba fojiasidan talafot ko‘rganlarga yordam ko‘rsatishdi

Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur tuman tadbirkorlari va aholisi toshqindan aziyat chekkanlarga yordam ko‘rsatishmoqda.

Jumladan, 2 yarim tonna un, 2 tonna yog‘, 1,1 tonna guruch, 1,3 tonna makaron, 2500 dona tuxum, 3 yarim tonna kartoshka, 1,2 tonna sabzi, 1 tonna piyoz, 1,4 tonna go‘sht, 800 kg shakar, 100 kg choy kabi oziq-ovqat mahsulotlari qatorida, ko‘rpa-to‘shak, tibbiyot niqoblari, oyoq kiyimlari, ust-boshlar, turli gigiyenik vositalar, idish-tovoqlar hamda qurilish materiallari singari jami 289,1 mln. so‘m miqdoridagi muruvvat yordami Parkent tumani ahlidan insonparvarlik ko‘magi sifatida yuborildi.

Insonparvarlik yordami ortilgan avtomobillar karvonini Parkent tumani hokimi Nig‘mat Muhamedov boshchiligida tashkilot, korxona hamda muassasalar rahbar va mutasaddilari kuzatib qo‘yishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring