Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtda 9 oyda piyodalar ishtirokida 539 ta YTH qayd etilgan

Poytaxtda 9 oyda piyodalar ishtirokida 539 ta YTH qayd etilgan

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahar IIBB JXX YHXB boshlig‘i Rafiqjon Jalilov poytaxt aholisiga murojaat bilan chiqib, yo‘l harakati ishtirokchilarini qoidalarga qat’iy rioya etish va hushyorlikka chaqirgan.

“Manzillarga xavfsiz yetib borish har birimizdan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishni talab etadi. Bugungi kunda davlatimiz tomonidan piyodalar harakatlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishiga qaramasdan, yo‘llarda hanuzgacha og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalari sodir etilmoqda", deyiladi murojaatda.

Jalilovning ta’kidlashicha, 2023 yilning 9 oyi davomida Toshkent shahrida 539 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, shularda 566 nafar piyoda turli tan jarohatlari olgan. Piyodalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining aksariyati maxsus belgilanmagan joylardan va svetoforning taqiqlangan chirog‘ida o‘tish paytida sodir bo‘lgan.

Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarning avtohalokatlarga loqaydligi, yo‘llardagi harakat xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyat ancha ayanchli ahvolda ekanini tanqid qilgandi hamda 2024 yil bu borada jiddiy o‘zgarishlar yili bo‘lishi aytilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning yanvar-avgust oylarida 5 772 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan, ularda 1 415 kishi halok bo‘lgan, yana 5 448 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Ushbu davrda qayd etilgan 9 milliondan ortiq yo‘l harakati qoidalari 161 mingdan ortig‘i piyodalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tolibjon Madumarovga ko‘ra, 2021 yildan 2023 yilgacha bo‘lgan davrda nazoratsiz piyodalar o‘tish joylarida 2 784 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan bo‘lib, ulardan 1007 tasi qorong‘uda sodir bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring