Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident: Bakalavriatda o‘nlab yo‘nalishlar mehnat bozori talablariga javob bermaydi

Prezident: Bakalavriatda o‘nlab yo‘nalishlar mehnat bozori talablariga javob bermaydi

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, bakalavriatda o‘nlab yo‘nalishlar mehnat bozori talablariga javob bermaydi. Ko‘p oliygohlar kredit-modulga o‘tdi, lekin talabaning qobiliyatini yuzaga chiqaradigan tizim yaratish zarur.

«Joriy yilda 122 ta yangi yirik loyihalar boshlanadi. Bu – yaqin yillarda murakkab texnologiyada ishlay oladigan 10 ming muhandis va texnologlar kerak, degani.

Lekin, oliygohlarda bunday mutaxassislarni tayyorlash 20 foizdan oshmayapti», – dedi davlat rahbarii.

Bu borada «El-yurt umidi» jamg‘armasi faoliyatini ham faollashtirish lozim.  Xorijga ketgan talabalarning bor-yo‘g‘i 9 foizi muhandislik yoki texnologiyalar yo‘nalishida ekani qayd etildi.

Shu kabi kamchiliklar maktab ta’limida ham borligi aytildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilgi 380 ming maktab bitiruvchisidan 180 mingi ta’limni kollej, texnikum yoki oliygohda davom ettirmoqda. Qolgan 200 ming nafari mehnat bozoriga kirib kelmoqda.

Dual ta’lim bilan 234 ta profta’lim muassasasida barcha o‘quvchilar ham qamrab olinmagan. Vazirliklar o‘zlariga tegishli kollej va texnikumlarda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash tizimli ishga qo‘yilishi, ulardagi quvvatlar 100 foizga ishlatilishi kerak.

Qurilish vazirligida 13 ta, Suv xo‘jaligi vazirligida 9 ta, Veterinariya qo‘mitasidagi 5 ta kollej va texnikumda malakali amaliyotchi ustalarni ko‘paytirish, ish beruvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarur.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring