Prezident ikki nafar dehqonni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi To‘lqinjon Mansurov hamda Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi «Sultonboy Xonimjon» fermer xo‘jaligi boshlig‘i Egamberdi Sobirovlarni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Hujjatda qayd etilishicha, To‘lqinjon Mansurov «mamlakatda tomorqachilikni rivojlantirish, jumladan, sabzavotchilik hamda asalarichilikni samarali yo‘lga qo‘yish, boy tajribasi va mehnatsevarlik fazilatlari bilan boshqalarga shaxsiy namuna ko‘rsatib kelayotgani, shuningdek, yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi ibratli faoliyati, ijtimoiy hayotdagi faolligi uchun» mukofotga loyiq topilgan.
Shuningdek, Egamberdi Sobirov ham «qishloq xo‘jaligi sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, zamonaviy agrotexnika usullarini qo‘llash orqali hududning og‘ir va murakkab sharoitida ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash, shuningdek, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi faoliyatini namunali yo‘lga qo‘yish hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun» mukofotlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter