Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident kambag‘allikni qisqartirishda sustkashlikka  yo‘l qo‘yayotgan 30 ga yaqin tuman rahbarlarini tanqid qildi

Prezident kambag‘allikni qisqartirishda sustkashlikka  yo‘l qo‘yayotgan 30 ga yaqin tuman rahbarlarini tanqid qildi

Prezident kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar ahvoli hamma viloyat va tumanda ham bir xil emasligini ko‘rsatib o‘tdi.

Masalan, o‘tgan olti oyda Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazmda kambag‘allik 2 foizdan ortiq kamaygan bo‘lsa, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona va Toshkent shahrida o‘zgarish bo‘lmagan.

Respublikaning 15 ta tumanida kambag‘allik 20 foizdan yuqori. Bular – Amudaryo, Beruniy, Qonliko‘l, Nukus, Taxtako‘pir, Xo‘jayli, Chimboy, Guliston, Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba, Gurlan, Yangiariq, Yangibozor va Tuproqqal’a.

Bu tumanlarda kambag‘allikni qisqartirish uchun uch yilda 1,7 trillion so‘mlik arzon kredit va subsidiya berilgan bo‘lsada, o‘zgarish bo‘lmagan.

Aholiga bo‘lib berilgan yerlar bo‘yicha 16 ta tumanda 2-3 martadan hosil olish hisobiga kambag‘allik 2 karra kamaydi. Bular – Paxtaobod, Baliqchi, Gurlan, Xonqa, Oltiariq, Dang‘ara, Konimex, Boyovut, Jomboy, Shofirkon, Sh.Rashidov, Zomin, Shahrisabz, O‘rtachirchiq, Bo‘ka, Taxiatosh tumanlari.

Lekin, 14 ta tuman – Qonliko‘l, Shumanay, Qorovulbozor, Peshku, Chiroqchi, Muborak, Nurobod, Oqoltin, Muzrabot, Bandixon, Qiziriq, Ohangaron, Parkent, Tuproqqal’ada o‘zgarish sezilmayapti.

Tuman hokimlari, ularning iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlariga bu boradagi faoliyati sustligi bo‘yicha qat’iy e’tiroz bildirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring