Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi

Prezident mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yil yakuniga qadar qilinadigan ishlar hamda kelgusi yildagi vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida, hokimning hisobotini tinglab, Prezident Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi. Jumladan:

- Shahrisabzning Miraki, Suvtushar va Sarchashma, Kitobning Qaynar va Bashir, Qamashidagi Beshterak va Mirishkordagi Jeynov qishloqlarida turizmni rivojlantirish;

- yil yakuniga qadar Qashqadaryo viloyatida mavjud 46 ta kon zaxiralarini xatlovdan o‘tkazib, auksionga chiqarish;

- Muborak, Nishon, G‘uzor va Mirishkor tumanlarida sotilmasdan turgan 82 ta davlat mulki narxini 50 foizga kamaytirib, savdoga chiqarish;

- Shahrisabz shahridagi bo‘sh turgan mulklar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etish;

- «Rubikon Voter» texnologiyasi asosida Qashqadaryoda sug‘orish tizimini yaxshilash loyihasini kengaytirish masalasini ishlab chiqish;

- 2023-yil 1-iyulga qadar G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynau yo‘lining 100 kilometr qismini ta’mirlash loyihasini ishlab chiqib, ishlarni boshlash;

- yil yakuniga qadar Samarqanddan Shahrisabzga o‘tuvchi 30 kilometr yo‘lni ta’mirlash loyihasini ishlab chiqish;

- Koson tumanidagi industrial zona infratuzilmasi uchun 40 milliard so‘m ajratish vazifasi qo‘yildi.

Shuningdek, mutasaddilarga Qashqadaryoda ijtimoiy sohani yaxshilash maqsadida:

- 13 ta bog‘chani qayta qurish hamda 14 ta mahallada yangi bog‘cha qurish loyihasini 2023 yil investitsiya dasturiga kiritish;

- yil yakuniga qadar 189 ta oilaviy bog‘cha tashkil etishga 4,5 milliard so‘m, 2023 yilda 380 ta bog‘cha tashkil etishga 52 milliard so‘m subsidiya ajratish;

- bir oy muddatda «Ona va bola tibbiyot markazi»ni jihozlash bo‘yicha loyihani tayyorlash;

- kelgusi ikki yilda Qarshi va Shahrisabz shaharlari, Koson, Nishon va Chiroqchida qo‘shimcha 550 o‘rinli tug‘uruq komplekslarini tashkil etish;

- yil yakuniga qadar zamonaviy tibbiy uskunalar xaridi uchun 2 milliard so‘m ajratib, 21 turdagi yuqori texnologik amaliyotlarni yo‘lga qo‘yish;

- yil yakuniga qadar Kitob va Qarshi tumanlarida «Yangi O‘zbekiston» massivlarini tashkil etish bo‘yicha taklif kiritish;

- bir oy muddatda 48 ta maktabni tanlab olib, kelgusi o‘quv yilidan Finlyandiya ta’lim tizimini joriy etish topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring