Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pul evaziga Meksika orqali AQShga jo‘natishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Pul evaziga Meksika orqali AQShga jo‘natishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Samarqandda Turkiya va Meksika davlatlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, Departamentning Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.T. fuqaro Sh.A.ning ishonchiga kirib, uni Turkiya va Meksika davlatlari orqali AQShga yuborish uchun viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilib, oldindan kelishilgan 16 000 AQSh dollaridan 7 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring