Qalin tuman Farg‘ona vodiysi aeroportlari faoliyatini cheklab qo‘ydi
Qalin tuman va ko‘rish chegarasining pastligi bir nechta xalqaro aeroportlarda samolyotlarni qabul qilish va jo‘natishlar kechiktirilishiga sabab bo‘ldi.
Jumladan, aeroportdagi noqulay ob-havo tufayli HY87 (Urganch-Farg‘ona) reysi Urganch aeroportida ushlanib qoldi. 73 yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 09:35 da uchishi lozim edi.
Shuningdek, ko‘rish chegarasi 25 metrdan kam bo‘lganligi sababli HY71/72, HY84 (Farg‘ona-Samarqand, Farg‘ona-Toshkent) reyslari bekor qilingan.
«Farg‘ona» aeroporti Sankt-Peterburgdan uchgan samolyotni qabul qila olmadi va bort «Toshkent» aeroportiga yo‘naltirildi. HY9628/9627 (Toshkent-Farg‘ona-Moskva) va HY081 (Toshkent-Farg‘ona) yo‘nalishidagi reyslarning esa uchish vaqti o‘zgartirildi.
«Quyuq tuman (ko‘rish – 300 metr) HY622 (Moskva-Andijon) reysi uchish aeroportida bir necha soatga kechiktirilishiga sabab bo‘ldi. Hozirda samolyot kutish zonasiga yo‘naltirilgan va muqobil aerodromga jo‘nab ketishi kutilmoqda.
Shuningdek, noqulay ob-havo sharoiti tufayli Namangan aeroportida bir qator reyslar qoldirilgan. Beqaror ob-havo tufayli aeroport vaqti-vaqti bilan samolyotlarni qabul qilish va jo‘natishlarni cheklashga majbur bo‘lmoqda.
Farg‘ona, Andijon va Namangan xalqaro aeroportlarida yaqin orada ob-havo sharoiti yaxshilanishini kutilmoqda», – deyiladi «Uzbekistan airports» kanali xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter