Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qamchiq» dovonida «DAF» yuk avtomobili «DAMAS» bilan to‘qnashib ketdi

«Qamchiq» dovonida «DAF» yuk avtomobili «DAMAS» bilan to‘qnashib ketdi

Bugun, 22 aprel kuni «Qamchiq» dovonida yuk avtomobili boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi to‘siqqa urilgan va shu yo‘nalishdagi «DAMAS» avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Bu haqda FVV vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 22 aprel kuni soat 06:22 larda A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovoni qismidan o‘tgan 269,4 kilometrida «DAF» rusumli yuk avtomobili «Toshkent-vodiy» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, o‘rta temir to‘siqqa urilgan va shu harakat yo‘nalishidagi «DAMAS» rusumli avtomashina yuk mashinasidan qochish oqibatida handaqqa tushib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borgan va vaziyat oqibatlarini bartaraf etmoqda.

Hodisa oqibatida yuk mashinasi haydovchisi va 2 nafar «DAMAS» avtomobilidagi yo‘lovchilar tan jarohati olib, Pop tuman markaziy shifoxonasiga yuborilgan. Halok bo‘lganlar yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring