Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qamchiq» dovonida «DAF» yuk mashinasi yonib ketdi

«Qamchiq» dovonida «DAF» yuk mashinasi yonib ketdi

Bugun, 23 may kuni soat 01:06 da Namangan viloyati Pop tumani «Sadoqat» MFY hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining 277.5 kilometrida «Vodiy-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan «DAF» rusumli yuk avtomobilida yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 01:47 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 01:50 da qurshab olingan va soat 02:00 da o‘chirilgan. 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring