Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qamchiq» dovonidagi ikki holatda YTH oqibatlari bartaraf etildi

«Qamchiq» dovonidagi ikki holatda YTH oqibatlari bartaraf etildi

Kecha, 27-may kuni «Qamchiq» dovonida ikki mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, «Vodiy–Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan «Gentra» haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, avtomashinasini xandaqqa tushirib yuborgan.

Shu bilan birga, yana bir holatda «Mercedes» haydovchisi ham boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqqa urilgan.

Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari hodisa joyiga tezda yetib borib, haydovchilarga tegishli yordam ko‘rsatgan.

Hodisa oqibatida «Gentra» haydovchisi yengil tan jarohati olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring