Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xususiy aviatashuvchi – «Qanot Sharq» parki ikkita Airbus A321neo bilan to‘ldiriladi

Xususiy aviatashuvchi – «Qanot Sharq» parki ikkita Airbus A321neo bilan to‘ldiriladi

O‘zbekistonning xususiy aviatashuvchisi bo‘lgan «Qanot Sharq» aviakompaniyasi ikkita yangi Airbus A321neo samolyotini olishi haqida ma’lum qildi.

Aviatashuvchi samolyotlarni American Air Lease Corporation’dan ijaraga oladi.

Air Lease korporatsiyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, uzoq masofalarga parvoz qilish uchun yoqilg‘i baklari bilan jihozlangan samolyotlar O‘zbekistonga kuzda kelishi kerak.

Kompaniyaning marketing bo‘yicha vitse-prezidenti A. J. Abedin Air Lease «Qanot Sharq» bilan olib borayotgan kelishuvlaridan juda mamnunligini qayd etdi. Shuningdek, kompaniya rivojida O‘zbekiston xususiy sektorini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning o‘rni borligini ta’kidladi.

«Qanot Sharq» aviakompaniyasi rahbari Nosir Abdug‘offorov amerikalik hamkor bilan hamkorlik qilishdan xursandligini bildirib, yangi samolyotlar aviakompaniya yo‘nalishlar sonini va parvozlar geografiyasini ko‘paytirishi mumkinligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, «Qanot Sharq» aviakompaniyasi 1998-yilda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, yuk va yo‘lovchi havo transporti yo‘nalishiga ixtisoslashgan.

Air Lease Corporation esa AQShda joylashgan samolyotlar ijarasi bilan shug‘ullanuvchi yetakchi kompaniyalardan biri. U 450 dan ortiq Airbus va Boeing samolyotlariga egalik qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring