Qariyb 2,4 mln rublning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi

Chegaradan yashirin tarzda me’yordan ortiq bo‘lgan naqd xorij valyutasini olib chiqishga bo‘lgan urinish fosh qilindi.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Matbuot xizmatining xabar berishicha, «Oybek» chegara bojxona posti orqali piyoda tarzda qo‘shni davlatga chiqib ketayotgan yo‘lovchi bojxona nazoratidan o‘tayotgan vaqtda o‘zining shubhali harakatlari bilan bojxona xodimlarining e’tiborini tortgan. Shu sababli yo‘lovchi belgilangan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Ko‘rik natijasida yo‘lovchining shim bel qismi hamda cho‘ntaklarida bojxona nazoratidan yashirilgan va belgilangan me’yordan ortiq bo‘lgan 2 370 000 Rossiya rubli miqdoridagi naqd xorijiy valyuta aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, amaldagi qonunchilikka muvofiq, jismoniy shaxslarga bojxona chegaralari orqali ekvivalenti 100 million so‘mga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd valyuta mablag‘larini olib chiqishga ruxsat etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter