Qarzdor do‘stning avtomashinasi «qamab» qo‘yildi

Majburiy ijro byurosi Termiz shahri bo‘limi ish yurituviga qabul qilingan ijro hujjatiga ko‘ra, Termiz shahrida yashovchi B. ismli fuqaro o‘zining yaqin do‘sti va kursdoshi bo‘lgan Z.ning ishonchiga kirib, 20 million so‘m qarz berib turishini va uni ishlari hal bo‘lishi bilan tezda qaytarishini so‘raydi.
Z. do‘stining va’dasiga ko‘pam amal qilmasligini bilib, notarius orqali bir oy muddatga qarz shartnomasi rasmiylashtirib beradi. Qarz olgan B. do‘stini ishontirib, shaxsiy ishlarini hal qilgan bo‘lsa-da, oradan bir necha oylar o‘tib ham qarzni qaytarishni istamaydi.
Shundan so‘ng, Z. do‘stining harakatlaridan afsuslanib, Majburiy ijro byurosi Termiz shahar bo‘limiga notarius ijro hujjatiga asosan berilgan qarzni undirib berishlarini so‘rab murojaat qildi.
Byuroning shahar bo‘limi davlat ijrochisi Faxriddin Rasulov tomonidan olib borilgan ijro harakatlari chog‘ida qarzdorga tegishli Cobalt rusumli avtoshina Termiz shahridagi markaziy bozor avtoturargohidan topilib, evakuator yordamida jarima maydonchasiga olib borildi. Oradan 15 kun o‘tib qarzdor fuqaro bir oyga deb olingan 20 million so‘mni to‘liq qaytardi.
Bundan tashqari, qarzdor fuqaro ijro yig‘imi uchun 1 million so‘m hamda avtomashinasi jarima maydonchasida saqlanganligi uchun ham ortiqcha pul sarflashiga to‘g‘ri keldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter