Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryo va Samarqand viloyatlariga bosh soliqchilar tayinlandi

Qashqadaryo va Samarqand viloyatlariga bosh soliqchilar tayinlandi

Prezidentning tegishli Farmoyishi bilan Qashqadaryo va Samarqand viloyati soliq boshqarmalariga yangi boshliqlar tayinlandi.

Unga ko‘ra, Eshmatov Sirojiddin Tog‘aymurodovich Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Sirojiddin Eshmatov 1971-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. U 1991-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini, 1999-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

S.Eshmatov tayinlovga qadar Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eshmatov Sirojiddin Tog‘aymurodovich soliq xizmatining II darajali maslahatchisi.

 Tolliyev Elyor Musurmanovich esa Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Elyor Tolliyev 1983-yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. U 2004-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini, 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

E.Tolliyev tayinlovga qadar Urgut tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Tolliyev Elyor Musurmanovich soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring