Qashqadaryoda 2.5 gektar g‘alladan bo‘shagan yer yonib ketdi

Bugun, 9 iyul kuni Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanining «Qo‘shchinor» mahallasi hududidagi g‘alladan bo‘shagan dala maydonlarining birida yong‘in sodir bo‘ldi.
Qayd etilishicha, Yakkabog‘ tumani FVBdan birinchi yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi voqea joyiga soat 15.58 larda yetib borgan. Ikkinchi qo‘shimcha yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi soat 16.05 larda voqea joyiga yetib kelgan.
Aniqlanishicha, yong‘in soat 16.18 lar bevosita mahalliy aholi yordamda bartaraf etilgan.
Sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida taxminan 2,5 gektar g‘alladan bo‘shagan (somon) maydon va yo‘l chetidagi qurigan xas-hashaklar yongan.
Hozirda ro‘y bergan yong‘in sababiga aniqlik kiritilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter