Qashqadaryoda haydovchi piyodani urib yuborib qochib ketdi

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida «Gentra» haydovchisi odam urib yuborib qochib ketdi.
Viloyat IIBning ma’lum qilishicha, voqea 12-fevral kuni soat 20:30 larda «Yakkabog‘-Chiroqchi-Sho‘rbozor» avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.
Aniqlanishicha, viloyatning Yakkabog‘ tumani «Cho‘mich» mahallasi hududida fuqarolardan biri yo‘l chetida odam yotganini ko‘rib qolgan va IIB hamda tez yordamga qo‘ng‘iroq qilgan. Ammo jabrlanuvchi voqea joyida vafot etadi.
Shundan so‘ng tezda hodisa aybdoriga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv davomida Yakkabog‘ tumanida yashovchi 27 yoshli yigit o‘ziga tegishli bo‘lgan «Gentra» avtomobilida jabrlanuvchini urib yuborgani aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter