Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobusning gaz balloni portladi

Qashqadaryoda ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobusning gaz balloni portladi

Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida harakatlanib ketayotgan avtobusning gaz balloni portladi.

Viloyat FVBning ma’lum qilishicha, voqea joriy yilning 15-oktyabr kuni soat 16:50 larda Qashqadaryo viloyati Muborak tumani hududidan o‘tuvchi «Qarshi-Buxoro» ichki yo‘lida sodir bo‘lgan.

«ISUZU» rusumli avtobus yo‘lovchilar bilan harakatlanib ketayotgan vaqtda avtobusning gaz ballonida yorilishi sodir bo‘lgan», – deyiladi rasmiy xabarda.

Oqibatda 4 nafar fuqaro o‘rta og‘ir darajada tan jarohatini olib, tuman tibbiyot shifoxonasiga yotqizilgan. Qolgan fuqarolarga ambulator va psixologik yordam ko‘rsatilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa oqibatida bir kishining halok bo‘lgani aytilmoqda, biroq viloyat FVBning rasman bildirishicha, voqea joyida halok bo‘lganlar yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring