Qaysi hudud eng ko‘p kartoshka yetishtirgani aytildi
Dastlabki ma’lumotlarga asosan, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo‘yicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1 704 ming tonna kartoshka yetishtirilgan.
Ushbu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davriga nisbatan 2 foizga o‘sgan.
Kartoshka yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Samarqand viloyati (18,6 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Shuningdek, Surxondaryo (13,3 foiz), Farg‘ona (12 foiz) va Andijon (11 foiz) viloyatlarida ham kartoshka yetishtirishning yuqori ko‘rsatkichlari qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2023-yilda qariyb 3,6 mln tonna kartoshka yetishtirilgan bo‘lib, yetishtirish bo‘yicha hududlar kesimida eng ko‘p – Samarqand viloyati – 726,3 ming tonna, Andijon viloyati – 437,6 ming tonna hamda Toshkent viloyati – 386,6 ming tonnani tashkil qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter