Qirg‘iziston O‘zbekistonga yangi elchisini tayinladi

Qirg‘iz Respublikasining yangi tayinlangan elchisi Duyshonkul Chotonov O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
Bu haqda O‘zbekistonning tashqi siyosatiga mas’ul rasmiyning o‘zi ma’lum qildi.
«Shubhasiz, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik rishtalari har sohada jadal rivojlanib bormoqda. Biz misli ko‘rilmagan yutuqlarga guvoh bo‘lmoqdamiz va ikki tomonlama munosabatlarning to‘liq salohiyatiga erishish uchun yanada katta marralarga erishishni reja qilmoqdamiz», – deb yozadi Baxtiyor Saidov.
O‘zbekiston TIV rahbari elchiga mamlakatimizdagi faoliyatida omad tilagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter