Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qiyotgan ayrim talabalarning «kontrakt»ini davlat to‘lab beradi

Qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qiyotgan ayrim talabalarning «kontrakt»ini davlat to‘lab beradi

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma ta’lim dasturlarida ta’lim olayotgan talabalarning hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasasida o‘qish davri uchun to‘lov-kontrakt qiymati Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. 

Prezidentning pedagog kadrlar tayyorlovchi ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilashga doir 289-sonli qarorida belgilanishicha, ushbu toifadagi talabalarning o‘qish davri uchun to‘lov-kontraktini budjetdan qoplash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma ta’lim dasturlarida to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan va yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan talabalari o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi;
  • tanlovda g‘olib bo‘lgan talabalar bilan davlat maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida kamida uch yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnoma rasmiylashtiriladi;
  • pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma ta’lim dasturlarida ta’lim olayotgan talabalarning to‘lov-kontrakt qiymatini qoplash uchun mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida tegishincha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Maktabgacha ta’lim vazirligiga ajratiladi;
  • pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma ta’lim dasturlarida ta’lim olayotgan talabalarning to‘lov-kontrakt qiymatini qoplash uchun ajratiladigan mablag‘lar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Maktabgacha ta’lim vazirligining Moliya vazirligi G‘aznachiligida ochilgan alohida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida nazarda tutiladi.

Izoh: mazkur qaror 2022-yilning iyun oyida qabul qilingani sababli vazirliklar eski nomada ko‘rsatilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring