Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston ayrim toifa kishilar uchun o‘z eshiklarini «yopdi»

Qozog‘iston ayrim toifa kishilar uchun o‘z eshiklarini «yopdi»

Qozog‘istonga ekstremistik yoki terroristik tashkilotga aloqador, takroran jinoyat sodir etgan, uyushgan guruh (jinoiy tashkilot) tarkibida yetakchi mavqeni egallab turgan, voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etgan, shuningdek Qozog‘istonda og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etib, xalqaro shartnomalar asosida o‘z vataniga ekstraditsiya qilingan shaxslarning mamlakatga kirishini taqiqladi.

Ushbu yangi tartiblar tegishli qonun bilan mustahkamlab qo‘yildi.

Shu bilan birga, qonun bilan voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etgan, davlat tili (qozoq tili)ni boshlang‘ich darajada bilmagan, Konstitutsiya asoslarini, mamlakat tarixini bilmagan shaxslarni Qozog‘iston fuqaroligiga qabul qilishni rad etish va qayta tiklash uchun yangi asoslar yaratilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring