Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston hukumati blogerlarni soliqqa tortyapti

Qozog‘iston hukumati blogerlarni soliqqa tortyapti

Qozog‘istonlik bloggerlar hamda katta auditoriyaga ega platformalar egalari endi o‘z bloglarida pullik kontent uchun soliq to‘laydilar. Bunday norma mamlakat prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev tomonidan imzolangan «Onlayn platformalar va onlayn reklama to‘g‘risida»gi qonunda belgilab qo‘yildi.

Hujjatda ijtimoiy tarmoqlar faollariga bloglarida joylashtirilgan ma’lumotlar uchun javobgarlik yuklangan. Shuningdek, reklama va PR-materiallar hamda homiylik ostidagi xabarlariga tegishli yorliqlar qo‘yishi kerak. Pulli materiallari uchun esa soliq to‘lashlari shart. Dezinformatsiya va soxta ma’lumotlar uchun ham javobgarlik belgilanadi, ya’ni jarima qo‘llanadi.

To‘qayev soxta xabarlar uchun belgilangan jarima jazolarini boshqa qonun hujjatlarida ham aks ettirish uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartishlarni ham imzolagan.

Mazkur qonun 10-iyul kuni rasmiy e’lon qilingan va shu kundan boshlab 60 kun o‘tgach qonuniy kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring