Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik ayolning o‘ldirilishi bo‘yicha sud hukmi chiqarildi

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik ayolning o‘ldirilishi bo‘yicha sud hukmi chiqarildi

2023-yil 29-iyun kuni Qozog‘istonning Chimkent shahrida ijaraga olingan xonadonlardan birida o‘ldirib ketilgan o‘zbekistonlik ayol ishi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi.

Chimkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo maxsus sudi tergovida aniqlanishicha, Qozog‘istonning Jetisoy tumanida yashovchi (vaqtincha ishsiz, oilali, farzandi bor) 29 yoshli sudlanuvchi ham voqea sodir bo‘lgan paytda Chimkentga ishlash uchun kelgan bo‘lgan.

Sudlanuvchi marhuma bilan yaqin munosabatda bo‘lib kelgan va shunday kunlarning birida uning telefon apparati yo‘qolib qoladi. Erkak telefonni ayol o‘g‘irlab ketgan deb o‘ylaydi va shundan janjal kelib chiqadi. Sudlanuvchi o‘zaro janjal oqibatida oyoq kiyimi bog‘ichi bilan ayolni bug‘ib o‘ldiradi va voqea joyidan qochib ketadi.

Biroq, bir muddatdan so‘ng politsiya uni yashash joyidan qo‘lga olgan. Sudda ayblanuvchi o‘z aybini to‘liq tan oldi.

Sudlanuvchining qilmishlari Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 99-moddasi – qotillik bilan tasniflangan. Sud majlisida uning qilmishlari to‘g‘ri kvalifikatsiya qilinganligi aytib o‘tildi va unga nisbatan o‘rta tartibli koloniyada 10 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring