Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurbon hayiti va dam olish kunlari qaysi tibbiyot muassasalari uzluksiz faoliyat ko‘rsatadi?

Qurbon hayiti va dam olish kunlari qaysi tibbiyot muassasalari uzluksiz faoliyat ko‘rsatadi?

Qurbon hayit kuni va dam olish kunlarida davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafardan ziyod tibbiyot xodimlari qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

– 1267 ta ko‘p tarmoqli va oilaviy poliklinika,

– 1080 ta oilaviy shifokor punkti,

– 1002 ta mahalla tibbiyot punkti,

– tuman, viloyat va respublika shifoxonalari,

– ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari,

– tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari.

Ma’lum qilinishicha, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul bo‘limi hamda tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.

Shuningdek, 2755 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat ko‘rsatadi. Bundan tashqari, 227 ta tug‘uruq, 245 ta bolalar davolash muassasasi ham uzluksiz ish olib boradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring