Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurolini ixtiyoriy topshirganlarni mukofotlash uchun har yili 1,1 mlrd so‘m ajratiladi – loyiha

Qurolini ixtiyoriy topshirganlarni mukofotlash uchun har yili 1,1 mlrd so‘m ajratiladi – loyiha

Hukumatning tegishli qarori loyihasi bilan ro‘yxatga olinmagan qurolni, patronlarni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalarni va portlatish qurilmalarini ichki ishlar organlariga o‘z ixtiyori bilan topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanmoqda.

Unga ko‘ra, noqonuniy muomaladagi qurol va uning patronlarini o‘z ixtiyori bilan topshirganlik uchun mukofot pullari, shuningdek 1974-yilgacha ishlab chiqarilgan o‘qotar qurolni topshirgan shaxslarga esa uni imtiyozli asosda olish huquqi taqdim etiladi.

Qurol va patronlarni o‘z ixtiyori bilan topshirgan arizachining xohishiga ko‘ra pul mukofoti naqd shaklda yoki uning hisob raqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lab beriladi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, qurollar (o‘qotar qurol, elektroshoker, gazli qurol kabiilar)ni ixtiyoriy topshirish jismoniy va yuridik shaxslarni BHMning 15 barobaridan 200 barobarigacha, patronlarni ixtiyorohiy topshirish esa BHMning 1 barobaridan 2 barobarigacha pul ko‘rinishida mukofotlash uchun asos bo‘ladi.   

Qayd etilishicha, 2023-yildan boshlab ushbu maqsadlar uchun Davlat budjetining xarajatlari parametrlarida tegishli mablag‘lar nazarda tutiladi.

Ma’lumot uchun, Ichki ishlar organlariga yillik o‘rtacha hisobda topshiriladigan qurol va patronlarning soni hamda loyihada nazarda tutilgan pul mukofoti miqdorlari bo‘yicha o‘tkazilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, loyihaning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har yili taxminan 1 mlrd. 135 mln. 449 ming 100 so‘m ajratilishini talab etadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring