Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quyuq tuman vodiydagi ikki aeroportning faoliyatini cheklab qo‘ydi

Quyuq tuman vodiydagi ikki aeroportning faoliyatini cheklab qo‘ydi

Farg‘ona vodiysidagi noqulay ob-havo sharoiti – qalin tuman tufayli Namangan va Farg‘ona aeroportlarida reyslarni qabul qilish va jo‘natish vaqtincha cheklandi.

Xususan, Namangandan Jidda, Moskva, Maxachqal’a, Toshkent va Sochiga hamda Madina shahri va Quvaytdan Namanganga uchadigan parvozlar kechiktirildi.

Shuningdek, Farg‘ona aeroportida UT-789 Moskva - Farg‘ona parvozi Toshkentdagi muqobil aerodromga yo‘naltirilgan. UT-790 Farg‘ona - Moskva parvozi esa ob-havo sharoiti yaxshilanishini kutmoqda.

«S7» aviakompaniyasining S76323 Irkutsk – Farg‘ona – Irkutsk yo‘nalishidagi parvozi  (Irkutskdan uchish) 22-dekabr sanasiga Toshkent vaqti bilan soat 18:00ga qoldirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring