Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqobat qo‘mitasi «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari» korxonasiga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

Raqobat qo‘mitasi «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari» korxonasiga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

Raqobat qo‘mitasi «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJga nisbatan ish qo‘zg‘atdi. Bunga «Bahouddin Naqshband» yodgorlik majmuasi markazining arizasi asos bo‘lgan.

Qo‘mitaning Buxoro viloyati hududiy boshqarmasiga kelib tushgan murojaatda «Bahouddin Naqshband» yodgorlik majmuasi markazi elektr tarmoqlari bo‘yicha amalda belgilangan tarifga nisbatan qo‘shimcha to‘lov hisoblanayotganligidan norozi bo‘lib, ushbu masalada amaliy yordam so‘ragan.

Qayd etilishicha, Hukumatning 2003-yil 22-avgustdagi 364-sonli qarori 3-bandi (shuningdek, 2003-yil 10-sentyabrdagi 525-f-sonli Farmoyishi 1-bandi)da O‘zbekiston hududidagi diniy tashkilotlar 2003-yil 1-sentyabrdan boshlab ularga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlarga to‘lovlarni aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha to‘lashi ko‘rsatilgan.

Qo‘mitaning hududiy boshqarmasi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar jarayonida, «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari» korxonasi tomonidan «Bahouddin Naqshband» yodgorlik majmuasi markaziga yetkazib berilgan elektr energiya uchun yuritilgan hisob-kitoblarda yuqoridagi qaror talablariga rioya qilmagan holda amalda belgilangan tariflarni oshirib qo‘llash natijasida majmuaga nisbatan 115 mln so‘mlik qo‘shimcha to‘lov hisoblanganligi aniqlangan.

Shu munosabat bilan, boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring