Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya banki xorij valyutasini sotib olishga oid cheklovini yana 6 oyga uzaytirdi

Rossiya banki xorij valyutasini sotib olishga oid cheklovini yana 6 oyga uzaytirdi

Rossiya banki naqd xorijiy valyutani yechib olish bo‘yicha cheklovlarni yana olti oyga, 2023 yilning 9 sentyabrgacha uzaytirdi.

Markaziy bank fuqarolar va yuridik shaxslarga naqd chet el valyutasini sotish bo‘yicha amaldagi barcha limitlarni saqlab qolgan.

«Rossiya banki mamlakatimizga nisbatan amalda bo‘lgan sanksiyalar munosabati bilan naqd valyutaga cheklovlarni saqlab qoladi. Bu esa mahalliy moliya institutlariga G‘arb davlatlaridan naqd valyuta olishni taqiqlaydi», – deyiladi Bank bayonotida.

Demak, Rossiyaliklar faqat 2022 yil 9 martgacha hisobraqam yoki depozitga tushgan pullarni chet el valyutasida olish huquqiga ega, qolgan mablag‘larni yechib olingan kundagi bozor kursi bo‘yicha rublda olish mumkin.

Bundan tashqari, banklarning faqat 2022 yil 9 apreldan keyin o‘z kassalariga kelib tushgan yevro va AQSh dollarini fuqarolarga sotishi mumkin. Boshqa xorijiy valyutalarni (dollar va yevrodan tashqari) sotishda hech qanday cheklovlar yo‘q.

Shuningdek, hisob ochmasdan va elektron hamyonlar orqali valyuta o‘tkazmalari rublda amalga oshiriladi.

Keyingi olti oy ichida, ya’ni 2023 yil 9 sentyabrgacha rezident yuridik shaxslar sayohat xarajatlari uchun naqd pul olishlari mumkin, lekin 5 000 AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Boshqa valyutalarni chiqarishda hech qanday cheklovlar yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring