Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Rossiyada jinoyat sodir etganlar Qozog‘istonda ham qo‘lga olinyapti» – o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

«Rossiyada jinoyat sodir etganlar Qozog‘istonda ham qo‘lga olinyapti» – o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozog‘istonga borayotgan o‘zbekistonliklarni ayrim masalalarda e’tiborli bo‘lishga chaqirmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Qozog‘iston va Rossiya hukumatlari o‘zaro ma’muriy va jinoiy ishlar bo‘yicha qarorlarni tan olish va ijro etishga oid ikki tomonlama kelishuvlarga erishgan va shu asosda Qozog‘iston chegara va ichki ishlar tizimida yangi tizim joriy etilgan.

«Natijada so‘nggi vaqtlarda Rossiya hududida huquqbuzarlik sodir etgan O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tish vaqtida hibsga olinish holatlari kuzatilmoqda.

Shuningdek, hibsga olingan shaxslar Rossiya tomoni mazkur huquqbuzarliklar bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilguniga qadar jazoni ijro etish muassasalarida saqlanmoqda», – deyiladi Migratsiya agentligi xabarida.

Agentlik shu munosabat bilan, Rossiya hududida huquqbuzarlik sodir etib, O‘zbekistonga kelgan vatandoshlarni Qozog‘iston safaridan tiyilishga chaqirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring