Saida Mirziyoyevaning AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Kecha, 22-may kuni Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Uzra Zeya boshchiligidagi AQSh delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuvda so‘z erkinligi hamda xotin-qizlar huquqlari masalalari muhokama qilingan.
«Amerika tomoni xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, OAV va so‘z erkinligini ta’minlash, shuningdek, fuqarolik jamiyati hamda NNT faoliyati samaradorligini oshirish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan sa’y-harakatlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi», – deb yozadi Mirziyoyeva.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter