Samarqand shahriga kirish 3 kunga yopiladi

Joriy yilning 3−4−5 aprel kunlari «Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi» sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan Samarqand shahriga kirish yopiladi.
Shaharning ayrim ko‘chalarida ham harakatlanish vaqti-vaqti bilan cheklanadi, ular o‘rniga aylanma harakat tashkil etiladi. Mazkur kunlarda tashrif reja qilganlardan boshqa kunlarga qoldirishni so‘radi.
Shuningdek, 1-5 aprel kunlari ayrim oliy ta’lim muassasalariga qisqa ta’til beriladi. SamDU, SamDChTI, SamISI, «Ipak yo‘li» Xalqaro universiteti, TATU Samarqand filiali, SamDTU, O‘zbek-Finlandiya pedagogika institutida o‘quv jarayonlari 7 aprel, dushanba kundan boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter