Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda «Ijodimizni birlashtirgan Samarqand ruhi» nomli xalqaro ko‘rgazma ochildi

Samarqandda «Ijodimizni birlashtirgan Samarqand ruhi» nomli xalqaro ko‘rgazma ochildi

Samarqanddagi «Chorsu» galereyasida ShHTning navbatdagi sammiti doirasida «Ijodimizni birlashtirgan Samarqand ruhi» nomli xalqaro ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Tadbirni Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduxakimov ochib berdi.

«Plenerga tashrif buyurgan va o‘zlarining ajoyib asarlarini yaratgan barcha rassom ijodkorlarga minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar Samarqand ruhiyatini mujassamlashtirishga qaratilgan.

Samarqand shahri uch ming yillik tarixga ega. Ishonamanki, bugungi tadbirda ishtirok etayotgan ijodkorlarimiz ham o‘z asarlari bilan tarixda qoladilar», – dedi Aziz Abduhakimov ko‘rgazma ochilishidagi nutqida.

Ushbu ko‘rgazma doirasida yaratilgan ijod namunalari Samarqand shahrida o‘tkaziladigan ShHTga a’zo davlatlarning navbatdagi sammitida yuqori martabali mehmonlarga namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida ijodkorlarga sertifikatlar topshirildi va qalam haqi taqdim etildi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring